O‘zbekiston delegatsiyasi Tanzaniyada bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etadi

Sentabr 30, 2026. 08:55 • 56 soniya

• 37
O‘zbekiston delegatsiyasi Tanzaniyada bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etadi

TOSHKENT, 30-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya 5–9-oktyabr kunlari Arusha shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasining 153-sessiyasida ishtirok etish uchun Tanzaniyaga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning nufuzli delegatsiyasi tarkibidan senatorlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rin oladi.

Sessiyaning asosiy mavzusi inklyuzivlik, ishonch va teng imkoniyatlar orqali yaxshi boshqaruvni mustahkamlash va jamoalarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ushbu sessiya doirasida Parlamentlararo Ittifoqning yangi prezidenti uch yillik muddatga saylanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil aprel oyida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 

152-sessiyasida ishtirok etgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish