O‘zbekiston delegatsiyasi Londondagi “DigiGov Expo 2026” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Sentabr 29, 2026. 20:25 • 2 daq

• 86
O‘zbekiston delegatsiyasi Londondagi “DigiGov Expo 2026” ko‘rgazmasida ishtirok etdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Londondagi “DigiGov Expo 2026” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

TOSHKENT, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev boshchiligidagi delegatsiya Londonda bo‘lib o‘tgan “DigiGov Expo 2026” ko‘rgazmasida qatnashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur ko‘rgazma davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni joriy etish, takomillashtirish va ilg‘or tajribalarni namoyish etishga ixtisoslashgan nufuzli tadbir hisoblanadi.

Tadbirda davlat organlari xodimlari, xalqaro ekspertlar, texnologik kompaniyalar mutaxassislari ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan turli vazirlik va idoralar vakillari o‘rin oldi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi davlat boshqaruvini raqamlashtirish, ma’lumotlar bilan ishlash, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi tajribasi, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Britaniya bilan ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Britaniyaning texnologik kompaniyalari va soha vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida davlat xizmatlarini raqamlashtirish, innovasion texnologiyalarni joriy etish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha sheriklik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish