BAAning yirik qurilish-investitsiya kompaniyasi Yangi Toshkentdagi loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini o‘rganmoqda

Noyabr 08, 2026. 14:30 • 2 daq

• 20
BAAning yirik qurilish-investitsiya kompaniyasi Yangi Toshkentdagi loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini o‘rganmoqda

ABU-DABI, 8-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shadiyev BAAning yirik developerlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Reportage Properties” raisi Aref Al Xuri va bosh direktori Andrea Nuchera bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida kompaniya vakillariga O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash, qurilish sohasi va ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, shuningdek, Yangi Toshkentda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

“Reportage Properties” rahbariyati O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorining rivojlanish dinamikasini ijobiy baholab, mamlakatning investitsiyaviy salohiyatiga katta qiziqish bildirdi.

Shuningdek, tomonlarga Yangi Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari taqdim etildi. Uchrashuvda kompaniyaning mazkur loyihalarda ishtirok etishi, ilg‘or qurilish yechimlarini joriy etish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda investitsiyaviy imkoniyatlarni o‘rganish va kelgusidagi sheriklik istiqbollarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish