O‘zbekiston diplomatlari va Mariy El Respublikasi delegatsiyasi savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar
Iyun 03, 2026. 11:25 • 2 daq
• 8
QOZON, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yoshkar-Ola shahridagi vakolatxonasi ishtirokida Mariy El Respublikasi biznes-missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Muloqot chog‘ida ishtirokchilarga mamlakatimizning iqtisodiy va sanoat salohiyati, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erkin iqtisodiy zonalarda amal qilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mariy El Respublikasi vakillari o‘z hududidagi sanoat korxonalarining imkoniyatlarini taqdim etib, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida tarmoq biznes-missiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish, shuningdek, ikki hudud ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Xitoyda O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-forum o‘tkazildi

O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi


