Filadelfiyada 8-oktabr O‘zbekiston-Amerika madaniy merosi kuni deb e’lon qilindi
Oktabr 10, 2026. 13:30 • 2 daq
• 29FILADЕLFIYA, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. Amerikaning Filadelfiya shahri ma’muriyati binosi oldida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir O‘zbekiston elchixonasi, mamlakatimizning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va “Vatan Global Alliance” milliy markazi tomonidan hamkorlikda tashkil etildi. Unda AQSh rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari, o‘zbek diasporasi faollari hamda mahalliy jamoatchilik vakillaridan iborat 100 ga yaqin kishi ishtirok etdi.
Tadbirning eng muhim voqealaridan biri Filadelfiya shahri meri tomonidan imzolangan rasmiy deklaratsiyaning e’lon qilinishi bo‘ldi. Unga ko‘ra, shaharda 8-oktabr O‘zbekiston-Amerika madaniy merosi kuni (Uzbek American Heritage Day) deb e’lon qilindi.
Hujjatda O‘zbekistonning Buyuk ipak yo‘li taraqqiyotiga qo‘shgan tarixiy hissasi, Samarqand, Buxoro va Xivaning boy madaniy merosi yuqori baholangan. Shuningdek, o‘zbek xalqining arxitektura va hunarmandchilik sohasidagi yutuqlari, milliy an’analari hamda o‘zbek jamoasining Filadelfiyaning ijtimoiy va madaniy hayotiga qo‘shayotgan hissasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur tadbir AQShdagi o‘zbek diasporasi bilan aloqalarni yanada rivojlantirish, vatandoshlarning mamlakatimiz hayotidagi ishtirokini kengaytirish va Amerika jamoatchiligi o‘rtasida O‘zbekistonning ijobiy imijini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



