Belarus bolalar jurnalida O‘zbekiston haqida maqolalar chop etildi
Oktabr 10, 2026. 11:30 • 2 daq
• 8MINSK, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. “Kacheli” bolalar jurnalida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi madaniy aloqalar hamda do‘stlik rishtalariga bag‘ishlangan turkum maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Materiallarda belaruslik o‘quvchilar o‘zbek madaniyati, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlar, ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Xususan, maqolalarda yozilgan Minskdagi qovun sayli, o‘zbek shoir va yozuvchilariga ehtirom hamda Belarus yoshlarining O‘zbekistonda o‘tkazgan ta’tillari taassurotlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Jurnalda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Minsk shahridagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan qovun sayli va madaniy tadbir bolalarga unutilmas damlarni tuhfa qilgan. O‘zbek qovunlarining mazasi, milliy qandolat mahsulotlari va xalqimizning mehmondo‘stlik an’analari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Nashrda belaruslik yosh kitobxonlarning Sharq she’riyati va nasriga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalari, taniqli shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodi haqida ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek, jurnalda Belarus maktab o‘quvchilari va yoshlarining O‘zbekistonning diqqatga sazovor maskanlariga uyushtirilgan sayohatlari, yurtimizdagi diqqatga sazovor joylar, qadimiy Samarqand va Buxoro obidalari hamda boshqa yorqin taassurotlar bolalar tilidan juda jonli va chiroyli tarzda yoritilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



