“Asdaa Oman” gazetasi: O‘zbekiston kon-geologiya tizimi raqamli texnologiyalar orqali modernizatsiya qilinmoqda

Iyun 16, 2026. 17:00 • 2 daq

67
“Asdaa Oman” gazetasi: O‘zbekiston kon-geologiya tizimi raqamli texnologiyalar orqali modernizatsiya qilinmoqda

MASKAT, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘monning “Asdaa Oman” gazetasida O‘zbekistonning kon-geologiya sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni tatbiq etilishiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kon-geologiya sohasini raqamli transformatsiya qilish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari ko‘rib chiqilgani haqida ma’lumot berilgan.

Nashrda ta’kidlanishicha, tog‘-kon geologiya sohasi mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Xususan, 2025-yilda uning hissasi O‘zbekistonning umumiy sanoat ishlab chiqarishi hajmining qariyb 20 foizini tashkil etgan bo‘lsa, tarmoqning davlat budjeti daromadlariga qo‘shgan hissasi 118,5 trillion so‘mga yetgan.

Mamlakat rahbariyati sohani modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish hamda investitsiyalarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shuningdek, materialda mamlakatning mineral-xomashyo bazasini kengaytirish rejalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Muallifning yozishicha, kelgusi besh yilda oltin zaxiralarini 879 tonnaga, kumush zaxiralarini 510 tonnaga, mis ishlab chiqarish hajmini esa 676 ming tonnagacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish