O‘zbekiston bosh konsuli Buryatiyadagi axloq tuzatish koloniyasida vatandoshlar bilan uchrashdi

Sentabr 26, 2026. 10:00 • 2 daq

• 13
O‘zbekiston bosh konsuli Buryatiyadagi axloq tuzatish koloniyasida vatandoshlar bilan uchrashdi

ULAN-UDE,-26-sentyabr. /»Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Buryatiya Respublikasi Ulan-Ude shahridagi 8-sonli axloq tuzatish koloniyasida saqlanayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston fuqarolari bilan yakka tartibda o‘tkazilgan suhbatlarda ularning murojaat va iltimoslari tinglandi. Huquqbuzarliklar xususiyatiga oid ma’lumotlar o‘rganilib, tegishli maslahatlar berildi. Bugungi kunda ushbu muassasada 66 nafar hamyurtimiz jazo muddatini o‘tamoqda.

Bosh konsul bildirilgan murojaatlar bo‘yicha hal etish mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tezkor choralar ko‘rdi. Xususan, yurak va umurtqa pog‘onasi kasalliklaridan aziyat chekayotgan ikki nafar vatandoshimizga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Jazoni ijro etish muassasasi rahbariyati bilan o‘zbekistonliklar uchun musulmon qonun-qoidalariga muvofiq ovqatlanishni tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, bir oydan so‘ng koloniyadan ozod etiladigan vatandoshimizga yurtimizga qaytish sertifikatini berish masalasi tezkorlik bilan hal etildi.

Hamyurtlarga O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi ular sodir etgan huquqbuzarliklarning xususiyatidan qat’i nazar, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilayotgani, bundan buyon ham zarur konsullik-huquqiy va yuridik yordam ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi.

Elchixona vakillarining fuqarolarning jazoni o‘tash joylariga navbatdagi tashrifi oktyabr oyida Irkutskka amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish