Saida Mirziyoyeva: Mamlakat kelajagi odamlar soni bilan emas, ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi

Sentabr 25, 2026. 19:00 • 2 daq

• 19

TOSHKЕNT, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdik, – deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi. Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundanoq har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritishimiz zarur.

Bu boradagi sa’y-harakatlarimiz manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yyapmiz hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz.

Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish