Niderlandiyaning ishbilarmon doiralariga O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati taqdim etiladi

Oktabr 01, 2026. 14:30 • 59 soniya

• 50
Niderlandiyaning ishbilarmon doiralariga O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati taqdim etiladi

MAASTRIXT, 1-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Niderlandiyaning Limburg provinsiyasida bo‘lib, mintaqa rahbariyati va “LIOF” mintaqaviy rivojlantirish agentligi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Limburg qirollik komissari (gubernatori) Emil Ryomer bilan muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvlarda kimyo sanoati, yuqori texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, transport-logistika, ta’lim va raqamlashtirish sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Niderlandiya tomoniga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, yaratilgan qulay investitsiya muhiti haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muzokaralar chog‘ida “Brightlands” innovatsion ekosistemasi va “Chemelot” kimyo-innovatsion klasteri imkoniyatlarini “O‘zkimyosanoat” bilan hamkorlikda amalga oshirish, shuningdek, “O‘rta koridor” doirasida transport-logistika aloqalarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif yakunida Limburg provinsiyasi ishbilarmon doiralari uchun O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazish, manfaatdor kompaniyalar guruhini shakllantirish va ularning mamlakatimizga biznes-missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish