Venada mehmonxona biznesi uchun o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha bitim imzolandi

Oktabr 01, 2026. 12:30 • 2 daq

• 50

VЕNA, 1-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov boshchiligidagi delegatsiyaning Avstriyaga xizmat safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida delegatsiya Avstriya Parlamenti Milliy kengashi prezidenti Valter Rozenkrans hamda Federal ta’lim, iqtisodiyot, energetika va turizm vazirliklari vakillari bilan uchrashdi.

Tomonlar kasbiy ta’lim sohasidagi davlat siyosati, Avstriyaning “Lehre” dual modeli, kollejlarni moliyalashtirish, muhandislar va o‘qituvchilarni tayyorlash, ish beruvchilarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki hamda ta’lim tizimi va sanoat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muhokama qildi.

Shu bilan birga, “IMC Krems”, Leoben va Yuqori Avstriya amaliy fanlar universitetlari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Avstriyaning kasb-hunar ta’limi sohasidagi tajribasi, yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, O‘zbekiston bilan hamkorlik, universitetlarning ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash va ularni ishga joylashtirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov hamda “IMC Krems” amaliy fanlar universiteti ijrochi direktori Udo Brendl xalqaro standartlar asosida mehmonxona biznesini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar va trenerlar tayyorlash to‘g‘risida bitim imzoladi.

O‘qitish Chortoq tumanidagi 1-texnikum va Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi negizida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Minskda “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida•Oktabr 01, 2026. 13:00
Minskda “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
Sietlda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot jarayonlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida•Oktabr 01, 2026. 11:30
Sietlda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot jarayonlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi
Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi•Oktabr 01, 2026. 11:00
Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi

Barchasi