Qashqadaryo viloyati Rossiyaning Oltoy kompaniyasi bilan shifobaxsh giyohlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalar muhokama qilmoqda

Avgust 26, 2026. 11:30 • 2 daq

17
Qashqadaryo viloyati Rossiyaning Oltoy kompaniyasi bilan shifobaxsh giyohlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalar muhokama qilmoqda

NOVOSIBIRSK, 26-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumani hokimligi, O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi va Rossiyaning Oltoy o‘lkasidagi “Alfit” kompaniyasi vakillari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston bozorida yuqori texnologik fitoterapevtik mahsulotlar, xususan, Oltoy o‘lkasi mahsulotlarining o‘rni muhim ekani taʼkidlandi.

“Alfit” kompaniyasi shifobaxsh giyohlar asosida dori-darmonlar, oziq-ovqat va parvarishlash vositalari ishlab chiqarish sohasida O‘zbekiston kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirdi.

O‘zbekiston tomonidan Yakkabog‘ tumani hokimligi vakillari “Alfit” kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga, Qashqadaryo hududida o‘sadigan shifobaxsh giyohlar asosida mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini maʼlum qildi.

Uchrashuvda Oltoy o‘lkasi ishbilarmon doiralarining shu yil sentyabr oyida O‘zbekistonga rejalashtirilgan biznes-missiyasi doirasida kompaniya vakillarining viloyat va tuman salohiyati bilan yaqindan tanishish uchun Yakkabog‘ tumaniga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Alfit” kompaniyasi kapsulalashtirilgan fitoyig‘malar, o‘simlik ekstraktlari, ixtisoslashtirilgan kosmetik vositalar va shakar qo‘shilmagan qandolat mahsulotlarini o‘z ichiga olgan 350 dan ortiq turdagi fitomahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish