O‘zbekistonda “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi bo‘lib o‘tmoqda
Avgust 25, 2026. 22:25 • 2 daq
• 20TOSHKENT, 25-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari hamda ilmiy va ekspert doiralari vakillarini birlashtirgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” nomli xalqaro mediaforum o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Forum 24–29-avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida tashkil etilib, unga 43 mamlakatdan 300 nafarga yaqin ishtirokchi jalb etilgan. Anjumanda mediakompaniyalar vakillari, kinematografiya ijodkorlari, prodyuserlar, olimlar, sunʼiy intellekt bo‘yicha yetakchi mutaxassislar qatnashmoqda.
Tadbirning bosh mediahamkorlari sifatida “Euronews” va “CNN” telekanallari ishtirok etmoqda.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi forumning markaziy maydoniga aylandi.
Forum dasturidan beshta yalpi majlis, 50 dan ortiq maʼruza va taqdimot o‘rin olgan. Asosiy mavzular qatorida Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Mansur Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy merosi hamda uni kino, televideniye, adabiyot, raqamli platformalar va sunʼiy intellekt texnologiyalari vositasida zamonaviy xalqaro auditoriyaga taqdim etish masalalari o‘rin olgan.
Qurʼon va yozma merosni o‘rganish hamda saqlash bilan bog‘liq loyihalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xalqaro mediaforum dasturi yuzdan ortiq ishbilarmonlik, taʼlim, madaniy va tantanali tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



