“Kabar”: Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi jadvaldan biroz ilgarilamoqda

Avgust 03, 2026. 16:30 • 2 daq

93
“Kabar”: Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi jadvaldan biroz ilgarilamoqda

BISHKEK, 3-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lining 304 kilometrlik Qirg‘iziston qismi qurilishi barcha yo‘nalishlarda boshlab yuborildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qirg‘izistonning “Kabar” milliy axborot agentligining maʼlum qilishicha, qurilish ishlari jadvaldan biroz oldinda bormoqda.

“Qirg‘iz temir yo‘li” milliy kompaniyasi davlat korxonasi bosh direktori Azamat Sakiyevning agentlikka maʼlum qilishicha, ayni paytda tunnellar, ko‘priklar, yer poydevori va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Azamat Sakiyev loyihani amalga oshirishda atrof-muhitni asrashga alohida eʼtibor qaratilayotganini maʼlum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, marshrutlar tabiatni muhofaza qilish zonalari hisobga olingan holda yotqizilmoqda, murakkab uchastkalar esa tabiatga taʼsirni kamaytirish uchun tunnellar orqali o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi arafasida ikki davlat transport vazirlari Ilhom Mahkamov va Talantbek Soltoboyev butun trassa bo‘ylab birgalikda safar qilib, Qirg‘iziston hududida qurilayotgan Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lining asosiy obyektlaridagi ishlar borishi bilan tanishgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish