Hindiston Prezidenti O‘zbekiston vazirini qabul qildi

Avgust 03, 2026. 14:30 • 53 soniya

6
Hindiston Prezidenti O‘zbekiston vazirini qabul qildi
“Dunyo” AA surati

DEHLI, 3-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu 1bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Nyu-Dehlida Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu qabulida bo‘lganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdik.

Siyosiy muloqotni yana-da faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik.

Samimiy qabul uchun Prezidentga chuqur minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash bo‘yicha izchil hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish