Ostonaga “Kelajak o‘yinlari – 2026”ning ilk ishtirokchilari yetib kela boshladi
Iyul 27, 2026. 12:30 • 2 daq
• 48
TOSHKENT, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. Ostonaga “Kelajak o‘yinlari – 2026” xalqaro turniri ishtirokchilari yetib kela boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Kazinform ” xalqaro axborot agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Qozog‘iston poytaxti 800 dan ortiq sportchini, jumladan, kibersport va fijital yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning eng kuchli jamoalarini qabul qiladi.
Ostonaga birinchi bo‘lib “Halyk Fund” tomonidan taqdim etilgan fijital-basketbol bo‘yicha “Phygital Basketball Presented by Halyk Fund” turniri ishtirokchilari yetib keldi. Ular orasida “MINSK”, “Zagrebacki malisani NITUI”, “Vozdovac Belgrad”, “Dangerous Meridianbet”, “Flow Game Basketball” va “Boca Juniors” kabi jamoalar bor.
Qozog‘iston poytaxtidagi sport obyektlarida musobaqalarni o‘tkazishga tayyorgarlik yakunlanmoqda. Bellashuvlardan tashqari, ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun interaktiv hududlar hamda texnologik maydonchalar tashkil etiladi.
“Kelajak o‘yinlari – 2026” Ostonada 29-iyuldan 9-avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Musobaqa dasturiga jismoniy va raqamli sport formatini o‘zida mujassam etgan sakkizta yo‘nalish kiritilgan.
Ilk turnir 2024-yilda Qozonda bo‘lib o‘tgan edi. 2025-yilda esa o‘yinlar Abu-Dabida o‘tkazilgan.
“Kazinform” XAA fotosurati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi