Logo

Mutaxassislar BAAning sunʼiy yomg‘ir yog‘dirish sohasidagi ilg‘or tajribasini Qoraqalpog‘istonda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Fevral 13, 2026. 14:48 • 48 soniya

32
Mutaxassislar BAAning sunʼiy yomg‘ir yog‘dirish sohasidagi ilg‘or tajribasini Qoraqalpog‘istonda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganmoqda

ABU-DABI, 13 fevral. /“Dunyo” AA/. Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov va BAA Milliy meteorologiya markazi direktori Abdulla al-Mandus o‘rtasida onlayn muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat jarayonida Qoraqalpog‘istonda kuzatilayotgan qurg‘oqchilik oqibatlarini kamaytirish va oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

BAAning sunʼiy yomg‘ir chaqirish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rganish va Qoraqalpog‘iston sharoitini hisobga olgan holda joriy etish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar sunʼiy yog‘ingarchilik hosil qilish sohasida amaliy tajriba almashish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashdi. BAA Milliy meteorologiya markazi vakillarining vaziyat bilan bevosita tanishish uchun Nukusga amaliy tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan masalalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun har ikki tomondan masʼullar tayinlanib, kelgusidagi harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish