Buyuk Britaniya kompaniyasi bilan plastik mahsulotlar biodegradatsiyasi sohasida hamkorlik o'rnatiladi
Sentabr 14, 2025. 13:57 • 40 soniya
• 336
LONDON, 16-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Buyuk Britaniyaning "Poly material" kompaniyasi mutasaddilari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Poly material" kompaniyasining korporativ aloqalar bo'yicha bosh direktori Stiven Altmann-Rixer muloqot avvalida O'zbekistonning chiqindilar sohasini tartibga solish bo'yicha davlat siyosatini va bu borada milliy strategiya ishlab chiqishga qaratilgan sa'y-harakatlarni yuqori baholadi.
Muzokaralar yakunida "Poly material" kompaniyasi bilan plastik mahsulotlar biodegradatsiyasi sohasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

"Poly material" kompaniyasi 2015 yilda Londonda ta'sis etilgan. Dunyoda birinchi bo'lib plastik moddalarni tabiiy parchalanishga olib keladigan innovatsion texnologiya ishlab chiqqan. Kompaniya laboratoriyasi London Qirollik kolleji (London Imperial College) kampusida joylashgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi