Samarqanddagi CITES konferensiyasida 70 turdagi dengiz hayvonlari savdosini to‘liq taqiqlovchi qaror qabul qilindi
Dekabr 09, 2025. 17:38 • 2 daq
• 109VARSHAVA, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. 24 noyabr kuni Samarqandda boshlangan CITES konferensiyasining 20-yig‘ilishi yakunlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Polshaning “SAMORZADOWY.P” portaliga tayanib.
Tadbirlarda yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi Konvensiyaga (CITES) aʼzo mamlakatlaridan hukumat delegatlari, ilmiy doiralar, nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek, kuzatuvchilar – jami uch mingga yaqin kishi ishtirok etdi.
Har ikki-uch yilda o‘tkaziladigan CITES doirasidagi muhokamalar qaysi turlarga nisbatan qatʼiy nazorat yoki savdo taqiqini joriy etishni belgilaydi. Konvensiya 41 mingga yaqin hayvonlar va o‘simliklar turlari savdosini tartibga soladi va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlarni himoya qilish bo‘yicha asosiy global forum hisoblanadi.
Yovvoyi tabiatni saqlash jamiyati (WCS) Samarqand konferensiyasining ko‘plab qarorlari, ayniqsa, dengiz hayvonlarini himoya qilish borasida novatorlik kasb etganini taʼkidladi. Unda bir necha akula va skat turlarini o‘z ichiga olgan 70 dan ortiq tur savdosi butunlay taqiqlandi.
“Keyingi CITES konferensiyasi ehtimol 2028-yilda bo‘lib o‘tadi, bu davlatlarga qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishga, kuzatuvchilarga esa ularning real taʼsirini baholashga vaqt beradi. Taʼkidlanishicha, chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi nihoyatda muhim: agar ular faqat qog‘ozda qolsa, global bioxilma-xillik xavf ostida qolishda davom etadi”,- deya xulosalangan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

