Namangandagi "IMIR" brendi Polshada navbatdagi chakana savdo do‘konini ochdi

Noyabr 24, 2026. 09:30 • 2 daq

• 42
Namangandagi "IMIR" brendi Polshada navbatdagi chakana savdo do‘konini ochdi
Namangandagi "IMIR" brendi Polshada navbatdagi chakana savdo do‘konini ochdi
Namangandagi "IMIR" brendi Polshada navbatdagi chakana savdo do‘konini ochdi
Namangandagi "IMIR" brendi Polshada navbatdagi chakana savdo do‘konini ochdi

LODZ, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. Polshaning Lodz shahrida Namanganda faoliyat yurituvchi “IMIR” korxonasining navbatdagi chakana savdo do‘koni tantanali ravishda ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“SUKCESJA” tijorat markazida bo‘lib o‘tgan tadbir mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi vakillarining Lodz shahriga amaliy tashrifi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuvda “SUKCESJA” tijorat markazi rahbariyati, Polshaning yetakchi importyor kompaniyalari, elektron tijorat platformalari, savdo tarmoqlari vakillari hamda o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar yangi savdo markazida taqdim etilgan “IMIR”ning klassik erkaklar kiyimlari kolleksiyalari, mahsulotlarning yuqori sifati, bejirim dizayni hamda ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi. O‘zbek mahsulotlarining raqobatbardoshligi va Yevropa bozori talablariga to‘liq mosligi yuqori baholandi.

“IMIR” brendi Yevropa bozoridagi o‘rnini izchil mustahkamlab bormoqda. Joriy yilning iyul oyida korxona Lodz shahridagi yirik “Ptak Fashion City” savdo majmuasida ulgurji savdo yo‘nalishida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi.

Ushbu shahardi yana bir yangi chakana savdo do‘konining ish boshlashi O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksportini Yevropa bozoriga yanada kengaytirish va “Made in Uzbekistan” milliy brendi nufuzini oshirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish