O‘zbekistonning yanvar-aprel oylaridagi eksport hajmi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi

Iyun 23, 2026. 13:00 • 2 daq

58
O‘zbekistonning yanvar-aprel oylaridagi eksport hajmi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi

TOSHKЕNT, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi qariyb 10 milliard AQSH dollarini tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur davrida Rossiya O‘zbekiston eksportining eng yirik yo‘nalishiga aylandi — ushbu mamlakatga 1,5 milliard dollarlik mahsulot yetkazib berildi. Ikkinchi o‘rindan 919,6 million dollarlik ko‘rsatkich bilan Xitoy, uchinchi o‘rindan esa eksport hajmi 643,7 million AQSH dollariga yetgan Afg‘oniston joy oldi.

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar qatoridan, shuningdek, Fransiya - 498,6 million dollar, Qozog‘iston - 425,5 million dollar va Turkiya - 361,4 million dollar joy oldi.

Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan eksport 265,5 million AQSH dollarini, Qirg‘izistonga — 254,2 million AQSH dollarini, Tojikistonga esa — 213,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.

O‘zbekiston eksportining eng yirik o‘nta yo‘nalishini Amerika Qo‘shma Shtatlari yakunlab berdi — joriy yilning to‘rt oyi davomida ushbu mamlakatga 122,5 million AQSH dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish