BMTda O‘zbekistonning imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tajribasi yuksak baholandi

Iyun 15, 2026. 14:00 • 2 daq

32
BMTda O‘zbekistonning imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tajribasi yuksak baholandi
BMTda O‘zbekistonning imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tajribasi yuksak baholandi

NYU-YORK, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. BMT bosh qarorgohida imkoniyati cheklangan shaxslar ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu tadbir O‘zbekistonning BMTdagi Doimiy vakolatxonasi tomonidan Irlandiya va Tanzaniya diplomatik missiyalari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamda Xalqaro nogironlar alyansi hamkorligida tashkil etildi.

Uchrashuvda BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tuzilmalar, ekspertlar hamjamiyati va fuqarolik jamiyatining 100 nafarga yaqin vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistonning BMTdagi Doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov so‘zga chiqib, mamlakatimizda inson qadr-qimmatini ulug‘lash, imkoniyati cheklangan shaxslarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, yurtimizda assistiv (yordamchi) texnologiyalar shunchaki sog‘liqni saqlash yoki ijtimoiy himoya masalasi emas, balki nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqilligi va ularning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. JSST ko‘magida O‘zbekistonda ushbu sohadagi milliy salohiyat kompleks baholanib, tizimni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari belgilab olingan.

Munozaralar davomida xalqaro ekspertlar va xorijiy davlatlar vakillari O‘zbekistonning bu boradagi ijobiy tajribasini yuqori baholadi.

Ishtirokchilar yordamchi texnologiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xayriya emas, balki ularning fundamental huquqi ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonning xalqaro tuzilmalar bilan faol sheriklik qilishga tayyorligini olqishladi.

“Tadbirda O‘zbekiston vakili tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va JSST bilan hamkorlikda tashlanayotgan amaliy qadamlar menda katta qiziqish uyg‘otdi. Shu yil mart oyida yurtingizda bo‘lib o‘tgan birinchi Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi parlamentlararo forumi doirasida inklyuzivlikni ta’minlash masalalarini muhokama qilgan edik. O‘ylaymanki, O‘zbekistonning assistiv texnologiyalarni joriy etish borasidagi boy tajribasini ushbu parlamentlararo muloqot maydoniga olib chiqish va uni mintaqaning boshqa davlatlariga ham keng yoyish zarur”, dedi Yevropa parlamenti deputati, Yevroparlamentning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Juzi Princhi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish