“Asdaa Oman”: Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini namoyish etish uchun muhim maydonga aylanadi

Iyun 15, 2026. 14:30 • 2 daq

22
“Asdaa Oman”: Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini namoyish etish uchun muhim maydonga aylanadi

MASKAT, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘monning “Asdaa Oman” nashrida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga oid maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston davlat rahbari boshchiligida yig‘ilish o‘tkazilgani haqida atroflicha ma’lumot berilgan.

Nashrda yozilishicha, Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini namoyish etish va xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanadi.

“Forumning asosiy g‘oyasi – O‘zbekiston nafaqat kapital jalb qila oladigan, balki Markaziy Osiyoning iqtisodiy rivojlanishida uzoq muddatli qoidalar va yo‘nalishlarni belgilay oladigan mintaqaviy investitsiya markazi maqomini mustahkamlashdan iborat”, – deyiladi materialda.

Agar 2022-yilda bo‘lib o‘tgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida 56 davlatdan mingdan ortiq xorijiy mehmon ishtirok etgan bo‘lsa, bu galgi beshinchi forumda 100 ga yaqin davlatdan uch mingdan ortiq xorijiy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda.

“Asdaa Oman” nashri Toshkent xalqaro investitsiya forumi davomida o‘tkaziladigan yalpi majlis, ikki tomonlama uchrashuvlar va biznes muloqotlari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish