O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Migratsiya agentligiga rahbar etib tayinlandi
Sentabr 04, 2026. 09:30 • 57 soniya
• 35
TOSHKENT, 4-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan mamlakatimizning Yaponiyadagi elchisi Muxsinxo‘ja Abdurahmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muxsinxo‘ja Abdurahmonov 52 yoshda. Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Yaponiyaning bir qator oliy o‘quv yurtlarini, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
U 2018–2021-yillarda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2021-yildan buyon O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi edi.
Muxsinxo‘ja Abdurahmonov ushbu lavozimda 2024-yilning sentyabr oyidan beri Migratsiya agentligini boshqarib kelgan Behzod Musayevning o‘rnini egalladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi