Toshkentda birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi o‘tkazildi

Sentabr 03, 2026. 22:30 • 2 daq

19
Toshkentda birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi o‘tkazildi
Toshkentda birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi o‘tkazildi
Toshkentda birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi o‘tkazildi
Toshkentda birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi o‘tkazildi

NOVOSIBIRSK, 3-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahrida birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Forumda Rossiya, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Armaniston, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan kelgan tibbiyot muassasalari rahbarlari, shifokorlar, xalqaro ekspertlar, turizm agentliklari hamda sug‘urta kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish, xorijiy bemorlarni jalb qilish, tibbiy xizmatlar eksportini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalarida fikr-mulohaza almashdi.

Novosibirskning yetakchi stomatologiya klinikalaridan biri – “Stomatologiya Sibiri” rahbari Kseniya Ondar O‘zbekistonda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. U Toshkentda Novosibirsk klinikasining filialini ochish imkoniyatlari xususida ham so‘z yuritdi.

Novosibirskdagi “ZDRAVMEDTEX-Aziya” MChJ rahbari Aleksey Klevasov kompaniyaning “Chirchiq” EIZ hududida bir martalik tibbiy buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha samarali faoliyati haqida gapirdi. Tadbirkor yaqin kelajakda mamlakatimizda korxonaning sterilizatsiya markazini qurish rejalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Shu bilan birga, Novosibirskning ikkita klinikasi – “Zdravitsa” oilaviy tibbiyot markazlari tarmog‘i hamda “Doktor Puzirevskiy oftalmologik klinikasi” vakillari mamlakatimizda faoliyatini kengaytirish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalari haqida maʼlumot berdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish