Toshkent va Karachi shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Sentabr 03, 2026. 21:30 • 2 daq

67
Toshkent va Karachi shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

KARACHI, 3-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Bugundan boshlab “Centrum Air” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent va Karachi shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deb habar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shu kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:20 da aviatashuvchining “Airbus A320” rusumli samolyoti Toshkentdan Karachiga yetib keldi. Anʼanaga ko‘ra, havo kemasi Karachi aeroportida suvli arka bilan tantanali tarzda kutib olindi.

Kutib olish marosimida Sind viloyati rahbariyati va mahalliy hukumat rasmiylari, Karachidagi diplomatik korpus, Sind turizmni rivojlantirish korporatsiyasi, turoperatorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqan Sind viloyati hukumati vakillari mazkur reysni O‘zbekiston tomonidan ikki birodar xalqni yanada yaqinlashtirish, turistik oqimni oshirish hamda biznes-diplomatiyani qo‘llab-quvvatlash yo‘lida tashlangan navbatdagi amaliy qadam sifatida eʼtirof etdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston elchixonasi va “Centrum Air” rahbariyati ishtirokida Karachi xalqaro aeroportida matbuot anjumani tashkil etildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni haftasiga 8 taga yetdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish