O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon iqtisodiyot vazirini qabul qildi
Iyul 17, 2026. 20:20 • 2 daq
• 51
TOSHKENT, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘tgan yilda tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi, joriy yilning o‘tgan davrida esa o‘sish qariyb 40 foizni tashkil etdi.
Qurilish, energetika, geologiya, logistika, moliya, yoqilg‘i, to‘qimachilik, turizm va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan, qo‘shma Investitsiya kompaniyasi ishtirokida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.
Shu maʼnoda, bugun bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining yakunlari yuksak baholandi. Shuningdek, ikki mamlakat hududlari forumi natijador o‘tishini taʼminlash zarurligi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi