Interpol tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Iyul 17, 2026. 20:30 • 55 soniya
• 112
VARSHAVA, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi F.V. mamlakatga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uning qaytarilishi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan ko‘rilgan tashkiliy-diplomatik chora-tadbirlar hamda Polsha Adliya vazirligi bilan hamkorlik natijasida amalga oshirildi. Qaytarish operatsiyasi O‘zbekiston IIV huzuridagi Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan tashkil etildi.
1988-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan F.V. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, Interpolning qizil bildirishnomasi asosida qidiruvda bo‘lgan.
Fuqaro O‘zbekiston Interpol xodimlari hamrohligida Varshavadan Toshkentga olib kelindi.
Elchixona vakillarining maʼlum qilishicha, ushbu saʼy-harakat xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro qidiruvdagi shaxslarni mamlakatga qaytarish borasidagi tizimli ishlarning navbatdagi amaliy samarasi bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi