O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda uchrashdilar
Aprel 11, 2026. 14:21 • 53 soniya
• 4
TOSHKENT, 11-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari kutib oldi.
Milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida davlat madhiyalari yangradi.
Bugun yetakchilar ikki tomonlama muzokara o‘tkazadilar. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi