Logo

Chexiya OAV: Bosh vazirning O‘zbekistonga tashrifi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi

May 01, 2026. 14:55 • 3 daq

101

PRAGA, 1-may. / “Dunyo” AA/. Chexiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari sahifalarida Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishning Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab gastrol safarining yakuniy bosqichi bo‘lgan O‘zbekistonga rasmiy tashrifi keng yoritilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Chexiya matbuoti taʼkidlashicha, tashrif aniq iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, Chexiyaning mintaqadagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan.

IDNES.cz” internet-resursining yozishicha, tashrifning asosiy voqeasi Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar bo‘lib, unda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvlar yakunida tomonlarning savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga intilishini tasdiqlovchi qator bitimlar imzolandi.

Chexiya ommaviy axborot vositalari tashrifning ishbilarmonlik jihatiga alohida eʼtibor qaratmoqda. “České noviny” xabariga ko‘ra, Toshkentda ikki davlat bosh vazirlari ­­­– Andrey Babish va Abdulla Aripov ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Muhokamalar markazida mashinasozlik, transport va turizm kabi yo‘nalishlar bo‘lib, ular kelgusidagi hamkorlikning drayverlari sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Taʼkidlanishicha, Chexiya tomoni mintaqaga investitsiya va savdo ishtirokini kengaytirishga qaratilgan nufuzli biznes delegatsiyasi hamrohligida kelgan.

Nashrlarning alohida bloki yirik sanoat shartnomalariga bag‘ishlangan. Xususan, “iROZHLAS.cz” va “Ceske-novinky.cz” onlayn nashrlari “Škoda Group” ishtirokidagi zamonaviy elektropoyezdlarni yetkazib berish va ularga uzoq muddatli xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishni nazarda tutuvchi kelishuvga eʼtibor qaratmoqda. Qiymati bir necha milliard kron bo‘lgan loyiha O‘zbekiston temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qo‘shilgan hissa va bir vaqtning o‘zida Chexiya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi yangi bozorlarga chiqish imkoniyati baholanmoqda.

Forum24.cz” portali ham ikki tomonlama munosabatlarning iqtisodiy dinamikasini taʼkidlab, so‘nggi yillarda Chexiyaning O‘zbekistonga eksporti hajmi deyarli uch baravarga oshganini taʼkidladi. Shu nuqtai nazardan, Andrey Babishning tashrifi Chexiya mahsulotlari va texnologiyalarini, birinchi navbatda, mashinasozlik, transport yechimlari va sog‘liqni saqlash sohalarida yana-da ilgari surish vositasi sifatida ko‘rilmoqda.

O‘z navbatida, “EuropeSays” nashri tashrifni Chexiyaning Markaziy Osiyoda iqtisodiy ishtirokini mustahkamlash bo‘yicha uzoq muddatli siyosatining bir qismi sifatida baholab, kengroq kontekstga eʼtibor qaratgan. Nashrda Praganing nafaqat eksport va investitsiyalarni oshirish, balki Chexiya biznesining mintaqaning istiqbolli bozorlaridagi mavqeini mustahkamlash istagi taʼkidlangan.

Chexiya ommaviy axborot vositalari nashrlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, Chexiya Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi amaliy natijalarga, sanoat kooperatsiyasiga va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga eʼtibor qaratgan holda ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirishda muhim qadam sifatida qabul qilinmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish