“Q8 Press”: O‘zbekistonda “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi qonunga qator o‘zgartirishlar kiritildi
Dekabr 01, 2025. 17:59 • 2 daq
• 83
AL-KUVAYT, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kuvaytning nufuzli “Q8 Press” elektron nashrida “Yangi O‘zbekiston: Konstitutsiyaviy islohotlardan konstitutsiyaviy barqarorlikka” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi tashkil etilganiga bu yil o‘ttiz yil bo‘ldi. 1990-yilda, bundan 35 yil oldin O‘zbekistonda konstitutsiyaviy nazorat to‘g‘risidagi birinchi qonun qabul qilinib, Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tashkil etilgan edi”, – deb yozilgan maqolada.
Nashrda qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy sudning o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi qonunga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, konstitutsiyaviy qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar natijasida tugatish prinsipi shikoyatni ish yuritishga qabul qilishga yondashuvning asosi etib belgilandi. Unga ko‘ra, shikoyatni ish yuritishga qabul qilish uchun arizachi sud himoyasining barcha ichki davlat vositalarini tugatishi lozim bo‘ladi.
Konstitutsiyaviy sud huquqiy maqomining yana bir muhim jihati – uning vakolatlari doirasi kengaytirilganidir. Birinchi navbatda, sud O‘zbekiston Respublikasida referendumga qo‘yilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish huquqiga ega bo‘ldi. Bu huquq 2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida muvaffaqiyatli qo‘llanildi.
“Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyani qo‘llash va talqin qilish jarayonida uning nafaqat “harfi”, yaʼni shakli va matni, balki “ruhi”, demakki tub mazmun-mohiyati ham taraqqiyotning har bir yangi bosqichiga nechog‘lik mutanosibligini aniqlab, uning muayyan qoidalarini jamiyatdagi o‘zgarayotgan munosabatlarga moslashtirib boradi”, – deya so‘z yuritilgan materialda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbek va fransuz talabalari ishtirokida madaniy-maʼrifiy uchrashuv o‘tkazildi
Ammanda Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni nishonlandi
Anqarada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Primorsk o‘lkasida vatandoshlar bilan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi