O‘zbekiston Prezidentining Ostonaga amaliy tashrif yakunlandi
Aprel 22, 2026. 21:27 • 59 soniya
• 133
TOSHKENT, 22-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi bugun yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bugun kunning birinchi yarmida O‘zbekiston yetakchisi Mintaqaviy ekologik sammitning ochilish marosimida ishtirok etdi, “EXPO” xalqaro ko‘rgazmalar markaziga tashrif buyurib, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning milliy pavilyonlari bilan tanishdi hamda BMTning Atrof-muhit dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan uchrashdi.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Prezidenti Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida nutq so‘zladi.
Tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi. Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi