Logo

O‘zbekiston Prezidenti YUNEP ijrochi direktori bilan ekologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Aprel 22, 2026. 16:42 • 2 daq

144
O‘zbekiston Prezidenti YUNEP ijrochi direktori bilan ekologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

ТOSHKENT, 22-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ostona shahrida o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va iqlim muammolariga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro hamkorlik, shu jumladan, milliy ekologik maʼruzalarni tayyorlash, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalarida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Ijrochi direktor O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Yashil makon”, “Biomeros”, “Toza havo,” “Chiqindisiz hudud” va “Ekomadaniyat” kabi milliy loyihalarni yuqori baholadi. Ularning ekologik barqarorlikni taʼminlash va aholi turmush sifatini oshirishdagi ahamiyati qayd etildi.

Inger Andersen, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining bugungi sammitda ilgari surilgan tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy sheriklikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish