Özbek tilining xalqaro maydondagi örni va mavqei tobora yuksalmoqda
Oktabr 21, 2026. 17:30 • 3 daq
• 128
TOŞKENT, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” milliy mukofoti ğolibi Farida Islomova 21-oktabr – Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Dunyo” AA orqali öz fikr-mulohazalarini bildirdi:
– Til – millatning ma’naviy boyligi, tarixiy xotirasi va milliy özligining ifodasidir. Davlat tilining mavqeini mustahkamlaş nafaqat madaniy, balki davlatçilik, taraqqiyot va mamlakatning xalqaro nufuzini oşirişga xizmat qiluvçi strategik vazifadir.
Bugun Yangi Özbekistonda özbek tilini rivojlantiriş, uning jamiyat hayotidagi örnini kuçaytiriş va xalqaro maydondagi nufuzini oşirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada qator muhim hujjatlar qabul qilinib, özbek tilini rivojlantiriş kontseptsiyasining huquqiy asoslari mustahkamlandi.
Sönggi yillarda özbek tilida luğatlar naşr etiş, geografik nomlarni tartibga soliş, til örganiş tanlovlari va diktantlar taşkil etiş, xorijliklar uçun ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Özbek tilida matnni nutqqa va nutqni matnga aylantiriş, tarjima qiliş kabi raqamli yeçimlarni rivojlantiriş uçun zamonaviy imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bu jarayonda Taşqi işlar vazirligi zimmasiga alohida mas’uliyat yuklanadi. Zero, diplomatiya mamlakatning milliy manfaatlari, tarixi va qadriyatlarini xalqaro hamjamiyatga yetkaziş vositasidir.
Davlat tilida aniq va savodli iş yuritiş, rasmiy hujjatlarda yagona til meyorlariga amal qiliş diplomatik xizmat sifatini oşiradi. Öz tilini puxta biladigan va xorijiy tillarda erkin muloqot qila oladigan diplomat mamlakat manfaatlarini yanada samarali himoya qiladi.
Vazirlik tizimida xodimlarning til madaniyatini yuksaltiriş, lotin yozuvidagi savodxonligini oşiriş, davlat tiliga bağişlangan kutubxona faoliyatini yölga qöyiş, “Eng faol kitobxon” tanlovi va umummilliy diktantlarni taşkil etişga e’tibor qaratilmoqda. Diplomatik atamalar luğatini şakllantiriş ham sohada yagona va aniq til meyorlarini qaror toptirişga xizmat qiladi.
Özbek tilining xalqaro nufuzini oşirişda madaniy diplomatiya ham muhim ahamiyatga ega. Alişer Navoiy va Abdulla Oripov kabi ijodkorlarimizning merosi, adabiy asarlar tarjimasi, xorijiy universitetlarda özbek tilini örganiş dasturlari hamda madaniyat markazlari milliy qadriyatlarimizni dunyoga tanitiş imkonini beradi.
Eng muhimi, tilning xalqaro nufuzi uni tarğib qiliş bilangina emas, balki zamonaviy ilm-fan, ta’lim, texnologiya va xalqaro muloqotda samarali qöllanilişi bilan ham belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, davlat tilini asraş va rivojlantiriş har bir taşkilot va fuqaroning umumiy mas’uliyatidir. Özbek tilini milliy merosimiz sifatida qadrlaş, uni zamon talablariga mos ravişda rivojlantiriş va jahonga keng tanitiş orqali mamlakatimizning xalqaro maydondagi örnini yanada mustahkamlaş mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi