Paraosiyo öyinlarida Özbekiston 71 medal bilan ikkinçi örinda bormoqda

Oktabr 21, 2026. 18:00 • 3 daq

• 55

AIÇI–NAGOYA, 21-oktabr. / “Dunyo” AA/. Yaponiyaning Aiçi va Nagoya şaharlarida ötayotgan V Paraosiyo öyinlarida Özbekiston sportçilari yuqori natijalarni qayd etib, mamlakatimiz medallar jamğarmasini boyitmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Musobaqalarda yurtimizning 150 nafarga yaqin vakili sportning 11 turi böyiça iştirok etmoqda. Xususan, ayni paytgaça hamyurtlarimiz para yengil atletika, para suziş, para dzyudo, para pauerlifting va para velosport kabi yönalişlarda oltin, kumuş va bronza medallariga sazovor böldi.

20-oktabr kungi bellaşuvlarda özbekistonlik sportçilar 33 ta medalini qölga kiritdi. Ayniqsa, para yengil atletika musobaqalarida Madina Muxtorova yadro uloqtiriş böyiça Osiyo rekordini, Navröza Axmatova esa mazkur yönalişda Paraosiyo öyinlari rekordini yangilab, oltin medallarga erişdi.

Para suzişda Dmitriy Xorlin, Mubinabonu Xalilova va Azizbek Boynazarov ğoliblar safidan joy oldi. Para pauerliftingda Aqidaxon Axtamova va Muslima Nuriddinova oltin medallarni qölga kiritdi. Aqidaxon Axtamova öz natijasi bilan musobaqa rekordini ham yangiladi.

Para velotrekda Boymurod Yavkoçev 4 ming metrga yakka ta’qib poygasida çempion böldi. Para dzyudoda Şohrux Mamedov, Muhammad Abduqulov va Kumuşxon Xodjayeva oltin medallarga sazovor böldi.

Bugun ham hamyurtlarimiz ğoliblik şohsupasiga kötarilişda davom etmoqda. Hozirgaça para velosportning T1–2 klassida ayollar örtasidagi vaqt poygasida Marjona Pardaboyeva oltin, Odina Hamdamova kumuş medalni qölga kiritdi. Erkaklar örtasida esa Jahongir Xalilov bronza medaliga ega çiqdi.

Para pauerliftingda Bekzod Jamilov 80 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida 229 kilogramm toşni kötarib, çempionlikni qölga kiritdi. Ruxşona Öktamova esa 67 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida 127 kilogramm natija bilan oltin medalga sazovor böldi.

Para dzyudoda Dovurxon Karomatov oltin, Mohinur Parmonova kumuş, Habiba Jörayeva va Feruza Ergaşeva bronza medallarini qölga kiritdi. Para yengil atletikada Mohigul Şarobiddinova kumuş, Botir Muhammedov va Temurbek Ğiyosov bronza medallarini qölga kiritdi.

Para velosportning şosse yönalişi böyiça erkaklar örtasida C1–C5 klasslarida vaqtga qarşi poyga bahslari bölib ötdi. Uşbu dasturda iştirok etgan hamyurtimiz Bunyod Hayitmahammadov 25:39.46 natija bilan marraga ikkinçi bölib yetib keldi va kumuş medaliga ega çiqdi.

Uşbu natijalardan söng hamyurtlarimiz hisobida 21 ta oltin, 27 ta kumuş va 23 ta bronza, jami 71 ta medal mavjud. Hozirda Özbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinçi örinda bormoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish