Yil boshidan buyon O‘zbekistonga davolanish uchun 46 mingdan ortiq chet el fuqarosi keldi
Sentabr 23, 2026. 12:30 • 2 daq
• 66
TOSHKЕNT, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. 2026-yilning yanvar–avgust oylarida 46 ming 157 nafar chet el fuqarosi tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, davolanish uchun mamlakatga kelgan fuqarolarning eng ko‘p qismini qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari aholisi tashkil etgan.
Xususan, yilning dastlabki 8 oyida Tojikistondan 24 ming 293 kishi, Qirg‘izistondan 11 ming 853 kishi, Qozog‘istondan 7 ming 22 kishi, Afg‘onistondan 1 ming 596 kishi va Rossiyadan 1 ming 225 kishi davolanish maqsadida kelgan.
Yana 168 nafar chet el fuqarosi boshqa davlatlardan davolanish uchun tashrif buyurgan.
Shunday qilib, O‘zbekistonga tibbiy maqsadlarda tashrif buyurgan xorijliklarning qariyb 94 foizi Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Statistik ko‘rsatkichlar chet el fuqarolarining O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarga bo‘lgan qiziqishi saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, bemorlarning asosiy qismi Markaziy Osiyo davlatlari hisobidan shakllanmoqda. Bu tibbiy turizmni yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va O‘zbekistonning mintaqaviy sog‘liqni saqlash markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida 35 ming 401 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi