Rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib bormoqda
Sentabr 22, 2026. 10:00 • 1 daq
• 188
MOSKVA, 22-sentabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyalik turoperatorlar O‘zbekistonga turistik sayohatlarga talab ortib borayotganini qayd etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Rossiya turizm sanoati ittifoqi ma’lumotiga tayanib.
Portalda yozilishicha, kuz faslida O‘zbekistonga sayohatlarga talab rossiyalik sayyohlar orasida sezilarli darajada oshgan. Turoperatorlar sentabr–noyabr oylarida bronlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15–65 foizga ko‘payganini qayd etmoqda.
Sayyohlar asosan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga sayohat qilmoqda. Qisqa sayohat turlari ham ommalashmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga kuzgi bronlar bir yilda 65 foizga oshgan. Bu o‘sishga mehmonxonalar tanlovining kengayishi va yangi aviareyslarning ochilishi ham ta’sir qilgan.
O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar soni ham ortib bormoqda. Rossiyadan Toshkentga “Centrum Air”, “Qanot Sharq”, “Uzbekistan Airways”, “Pobeda”, “Aeroflot” va “Uralskiye avialinii” kabi aviakompaniyalar parvozlarni amalga oshirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi