Saida Mirziyoyeva: Yurtimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish yo‘lidagi qat’iy harakatimizni davom ettiramiz

Noyabr 21, 2026. 11:30 • 2 daq

• 31
Saida Mirziyoyeva: Yurtimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish yo‘lidagi qat’iy harakatimizni davom ettiramiz

TOSHKENT, 21-noyabr. /“Dunyo” AA/. S&P Global Ratings” xalqaro agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini ko‘tardi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “barqaror” prognoz bilan “BB+” darajasiga ko‘tardi, – deb yozdi bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telergram-kanalida. –  Bu mamlakatimiz tarixida hozirgacha erishilgan eng yuqori ko‘rsatkich, endi “investitsiyaviy” (BBB-) pog‘onaga bir qadam qoldi.

Bu yutuq tizimli iqtisodiy islohotlar, muvozanatli moliya siyosati hamda Prezidentimizning uzoqni ko‘zlagan strategik yondashuvi samarasidir. Ijobiy natijalarimizni taqdim etish borasida ishchi guruhimizning tezkor va ochiq tahliliy muloqotlari “S&P” tomonidan alohida e’tirof etildi.

Yurtimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish yo‘lidagi qat’iy harakatimizni davom ettiramiz”.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish