Saida Mirziyoyeva: Endi oldimizdagi asosiy vazifa – erishilgan kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga aylantirishdir

Oktabr 20, 2026. 11:00 • 2 daq

• 34

TOSHKЕNT, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqandda bo‘lib o‘tgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishini o‘tkazdik, – deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Yuzdan ortiq kompaniya vakillari bilan birgalikda sarmoya kiritish, biznesni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildik.

Mazkur Kengashning tashkil etilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda. Bu yuksak ishonch uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani, O‘zbekistonga qaratayotgan e’tibori va hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi uchun Marko Rubio, uning rafiqasi Janett xonim hamda Serjio Gorga ham alohida rahmat aytaman.

Endi oldimizdagi asosiy vazifa – erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishdir. AQSh bilan hamkorlikni rivojlantirishdan ko‘zlagan maqsadimiz ham shu”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish