Saudiya Arabistoni universiteti O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni rejalashtirmoqda
Oktabr 19, 2026. 19:30 • 2 daq
• 173
MADINA, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Madina shahrida Tayyiba universiteti rahbari, doktor Naval bint Muhammad bin Ibrohim Al-Jabr ar-Rashid bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda mazkur universitetda 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi tahsil olmoqda, ulardan yetti nafari qizlar va to‘rt nafari yigitlardir. Talabalarning olti nafari arab tilini, besh nafari esa islomshunoslikni o‘rganmoqda.
Tomonlar professor-o‘qituvchilar tarkibi va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Xususan, axborot texnologiyalari, muhandislik, tibbiyot, chet tillari, hunarmandchilik va turizm yo‘nalishlariga ixtisoslashgan o‘zbek oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy yilning noyabr oyida o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida davra suhbatini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu borada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetini potensial hamkorlar sifatida ko‘rib chiqish taklif etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi