Misr kompaniyalari O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor

Oktabr 20, 2026. 10:00 • 2 daq

• 11
Misr kompaniyalari O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor

QOHIRA, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. Misrning oltita kompaniyasi vakillari O‘zbekiston diplomatlari bilan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sug‘orish va yangi yerlarni o‘zlashtirish sohalaridagi qo‘shma loyihalar istiqbollarini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda “Famot”, “Delta”, “Modern Farming”, “SOBEK”, “Fruits” va “Pureland” kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar. Misr tomoni aylana sug‘orish tizimlarini (pivotlar) joriy etish, chorvachilikni rivojlantirish, ozuqa bazasini yaratish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib, keyinchalik ularni eksport qilishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, kompaniyalar O‘zbekiston hududlarida yangi yerlarni o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarida qatnashish istagini qayd etdilar

Muzokaralar yakunida hamkorlik istiqbollarini o‘rganish hamda aniq loyihalarni ishlab chiqish uchun yaqin kunlarda Misr mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish