Senat O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qulladi

Oktabr 05, 2026. 15:00 • 2 daq

• 95
Senat O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qulladi

TOSHKЕNT, 5-oktabr. /«Dunyo» AA/. Joriy yil 3-oktabr kuni Senatning yigirmanchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Bitimni (Islomobod, 2026-yil 5-fevral) ratifikatsiya qilish haqida»gi Qonun muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlamentimiz yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur Bitim qoidalariga muvofiq O‘zbekiston va Pokiston ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan mahkumlarni jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatida o‘tashi uchun topshirish masalalarida o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Hujjatda mahkumni topshirish shartlari, rad etish asoslari, markaziy organlar, so‘rovning shakli va mazmuni, jazoni ijro etish jarayonlari, tranzit olib o‘tish hamda xarajatlarni qoplash tartibi aniq belgilab qo‘yilgan.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonunning qabul qilinishi chet elda jazo o‘tayotgan fuqarolarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy reabilitatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, insonparvarlik tamoyillarini amalda ta’minlash hamda jazoni ijro etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjat O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 5–6-fevral kunlari Pokistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida imzolangan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish