Istanbuldagi maktab O‘zbekiston ta’lim muassasasi bilan qardosh maktab aloqalarini o‘rnatish tashabbusini bildirdi

Oktabr 17, 2026. 14:00 • 2 daq

• 30
Istanbuldagi maktab O‘zbekiston ta’lim muassasasi bilan qardosh maktab aloqalarini o‘rnatish tashabbusini bildirdi

ISTANBUL, 17-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida ushbu shaharning Pendik tumanidagi “Boyazid Yildirim” maktabi direktori Mehmet Komog, shuningdek, mazkur ta’lim dargohining o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Avvalroq mazkur maktab o‘quvchilari 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan o‘zbek tilida qo‘shiq ijro etib, O‘zbekiston ustozlariga videotabrik yo‘llagan edi.

Muloqot chog‘ida turk tomoni O‘zbekistonni ota yurt, buyuk allomalar va mutafakkirlar zamini sifatida qadrlashlarini, mamlakatimizning boy tarixi va madaniy merosiga katta qiziqish bildirishlarini ta’kidladi. O‘quvchilar o‘zbek tilida she’r va iboralarni yod olib, o‘zbekistonlik tengdoshlari bilan yaqin do‘stlik aloqalarini o‘rnatish istagini bildirdilar.

Uchrashuvda maktab rahbariyati O‘zbekistondagi umumta’lim maktablaridan biri, jumladan, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Amir Temur nomidagi maktab bilan qardosh maktab aloqalarini o‘rnatish taklifini ilgari surdi.

Hamkorlik doirasida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida onlayn uchrashuvlar tashkil etish, o‘zbek va turk xalqlarining mushtarak tarixi va madaniyatini o‘rganish, shuningdek, o‘zaro tashriflarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi. Turkiyalik o‘quvchilar o‘z navbatida o‘zbekistonlik tengdoshlarini o‘z oilalarida mehmon sifatida qabul qilishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish