O‘zbekiston TIV rahbari maslahatchisi KOICAning mamlakatimizdagi vakolatxonasi yangi direktori bilan uchrashdi

Sentabr 03, 2026. 20:30 • 2 daq

21
O‘zbekiston TIV rahbari maslahatchisi KOICAning mamlakatimizdagi vakolatxonasi yangi direktori bilan uchrashdi
“Dunyo” AA surati

TOSHKENT, 3-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasiga yangi tayinlangan direktori Kim Myong Jin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston–Koreya taraqqiyot sohasidagi hamkorligining bugungi holati hamda uni yana-da mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi.

KOICAning O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, muhim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasi qayd etildi.

Sunʼiy intellekt va raqamlashtirish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va taʼlim sohalariga joriy etish, iqlim o‘zgarishi hamda suv resurslarini boshqarish masalalaridagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar Koreyaning ilg‘or tajribasidan foydalanish va O‘zbekistonning milliy taraqqiyot ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda sheriklikni yana-da kengaytirish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi.

Kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va loyihalarini aniqlashda yaqin muvofiqlashtirishni taʼminlash hamda muntazam fikr almashib borish muhimligi ham taʼkidlandi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish