Qozog‘istonda tashqi ishlar vaziri o‘zgardi
Sentabr 03, 2026. 18:30 • 55 soniya
• 28
OSTONA, 3-sentabr. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston Prezidenti Muxtor Tleuberdini tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinladi va uni Qozog‘istonning Avstriyadagi elchisi lavozimidan ozod etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kazinform” XAAga tayanib.
Muxtor Tleuberdi Yermek Kosherbayevning o‘rnini egalladi. U ilgari ham 2019–2023-yillarda Qozog‘iston TIVga rahbarlik qilgan, 2021-yilda esa vazirlik lavozimini Bosh vazir o‘rinbosari posti bilan birga olib borgan.
Qozog‘iston TIV rahbari 1968-yil 30-iyunda tug‘ilgan. Diplomatik xizmatini 1993-yilda boshlagan, shundan so‘ng TIVda rahbarlik lavozimlarida ishlagan hamda Qozog‘istonning Malayziya, Indoneziya, Bruney, Filippin, Shveysariya va Avstriyadagi elchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.
2016–2019-yillarda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019-yilda tashkilotni boshqargan. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik darajasiga ega.
Qozog‘iston TIV matbuot xizmati fotosi
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi