Polshada vafot etgan ikki nafar hamyurtimiz jasadlari Vatanga olib kelindi
Sentabr 24, 2026. 15:30 • 56 soniya
• 29
VARSHAVA, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari joriy yil avgust va sentyabr oylarida Polshada vafot etgan ikki nafar hamyurtimizning jasadlarini vatanga qaytarish uchun zarur choralarni ko‘rdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
24-avgust kuni Olshtin shahrida balandlikdan yiqilib, og‘ir bosh miya jarohati olib vafot etgan J.X.ning jasadi 5-sentabr kuni vataniga olib kelingan.
5-sentabr kuni Shetsin shahrida vafot etgan T.E.ning jasadi 20-sentabr kuni Toshkentga olib kelingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga qoqshol sabab bo‘lgan.
Har ikki holatda ham jasadlarni Polshadan O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha barcha xarajatlar Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplandi.
Elchixona Polsha organlari bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish jarayonini muvofiqlashtirdi. Bunday sa’y-harakatlar vafot etganlarning yaqinlariga qiyin davrda qo‘shimcha yordamdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi