O‘zbekiston shaxmatchilari Olimpiada g‘olibligi sari dadil odimlamoqda
Sentabr 24, 2026. 12:30 • 2 daq
• 113SAMARQAND, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. Hozirda jahon shaxmat ixlosmandlarining diqqat-e’tibori Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga qaratilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Olimpiadani 200 dan ziyod milliy shaxmat federatsiyalari rahbarlari hamda 100 ga yaqin davlat vakillari bevosita kuzatib bormoqda. Musobaqa jarayonlari turli internet platformalari va telekanallar orqali keng yoritilmoqda.
7-turda O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi Xitoy ustidan g‘alaba qozonib, medallar uchun kurashdagi pozitsiyasini mustahkamladi. Shu turda Germaniya Turkiyani 3:1, Niderlandiya Bolgariyani 3,5:1,5, Ozarbayjon esa Gretsiyani 3,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. Armaniston va AQSh bahsi durang bilan yakunlandi, Angliya Hindistonga 1,5:2,5 hisobida yutqazdi.
Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston-1 jamoasi Sloveniyani mag‘lub etib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashda muhim qadam tashladi. O‘zbekiston-2 erkaklar jamoasi Fransiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, O‘zbekiston-3 Janubiy Afrika ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bugun 8-tur bahslari o‘tkaziladi. Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston-1 Germaniya, O‘zbekiston-2 Angliya, O‘zbekiston-3 esa Shveysariya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Ayollar musobaqasida O‘zbekiston-1 Niderlandiya, O‘zbekiston-2 Kuba, O‘zbekiston-3 esa Yamayka vakillari bilan kuch sinashadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi






