«Tolo News»: Afg‘oniston va O‘zbekiston xavfsiz pul o‘tkazmalari platformasini ishga tushirmoqda
Sentabr 22, 2026. 09:00 • 2 daq
• 118
MOZORI SHARIF,-22-sentyabr. /»Dunyo» AA/. Afg‘oniston «Tolo News» yangiliklar portali O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Maqolada ta’kidlanishicha, Mozori Sharifda Balx viloyati ishlab chiqaruvchilarining 80 nafar xususiy sektor vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi bilan biznes-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar eksport hajmini oshirish, xavfsiz to‘lovlar, aloqalarni kengaytirish va qo‘shma investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvda afg‘on ishbilarmonlariga o‘zbek mahsulotlari namunalari taqdim etildi.
Balx viloyati Savdo-investitsiya palatasi rahbari Muhammad Ibrohim G‘azanfar «Ghazanfar Bank» bilan hamkorlikda tovarlar Hayraton portiga yetkazib berilgandan so‘ng O‘zbekistonga xavfsiz pul o‘tkazish uchun «UzEx» platformasi ishga tushirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi rahbari Yorqin Malikov ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar muhimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, o‘zbekistonlik tadbirkor Abdulqodir Burhonov mahsulot yetkazib berish hajmi oshgani haqida gapirgan bo‘lsa, afg‘onistonlik tadbirkor Ismatulla Is’hoqzay O‘zbekistonni «Markaziy Osiyoga kirish eshigi» deya ta’rifladi.
Nashrning qayd etishicha, so‘nggi yillarda Afg‘oniston va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksport va import hajmini oshirish, transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi