Toshkent va Shri-Lanka o‘rtasida ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Oktabr 30, 2026. 14:30 • 2 daq
• 152MATTALA, 30-oktabr. /“Dunyo” AA/. “Centrum Air” aviakompaniyasi Toshkent va Shri-Lankaning Mattala shahri o‘rtasida ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yib, O‘zbekistonning Janubiy Osiyo bilan transport aloqalarini yanada kengaytirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
28-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Mattala Rajapaksa xalqaro aeroportida ilk parvoz bilan 160 nafar yo‘lovchi kutib olindi. Yo‘nalish ochilishi munosabati bilan xalqaro aviatsiya tartib-taomillariga muvofiq, birinchi parvoz suv arkasi orqali kutib olinib, rasmiy marosim tashkil etildi.
Aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi hamda “Centrum Air” aviakompaniyasining Shri-Lankadagi tegishli tashkilotlar bilan olib borgan muzokaralari samarasi bo‘ldi.
Mezbon tomon vakillari “Toshkent–Mattala–Toshkent” to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘nalishi ochilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Yangi havo yo‘nalishi ikki davlat o‘rtasidagi transport bog‘liqligini mustahkamlash, savdo, investitsiya va turizm imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu aviaqatnov Shri-Lanka va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida O‘zbekiston orqali yanada qulay aviaqatnovni ta’minlaydi.
“Toshkent–Mattala–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar 2027-yil mart oyi oxiriga qadar haftasiga ikki marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



