Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi etib tayinlandi

Oktabr 30, 2026. 16:15 • 45 soniya

• 11
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi etib tayinlandi

ANQARA, 30-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov bugun Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 13-sammiti doirasida Davlat rahbarlari kengashining qarori bilan TDT bosh kotibi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston vakili ilk bor Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi lavozimini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Mirvohid Azimov O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 26-maydagi qarori bilan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Bunga qadar u Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish